Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan
Image

Biz haqimizda

Biz

Bizning asosiy maqsadimiz

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanda jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg'usini yuksaltirish, milliy o'zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo'llab quvvatlash, turli sohalardagi faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo'naltirish.

  • Jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish
  • Vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish
  • O‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish
  • Yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish
  • Migratsiya va ta’lim sohalarida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish

Bizning loyihalarimiz

Loyihalar

Turkum ko'rsatuvlar

Sahifada faoliyatini xorijiy davlatlarda boshlab, ayni paytda mamlakatimizda davom ettirayotgan hamda tarixiy ildizini O‘zbekiston bilan bogʼlagan xorijdagi vatandoshlarimiz haqida Oʼzbekistondagi mahalliy telekanallarda efirga uzatilgan hujjatli filmlar joy olgan

"Kun oilasi" rukni

Mazkur loyihada xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning oilalari faoliyatiga doir maʼlumotlar, ularning milliy qadriyatlarimizga xos turmush tarzini keng ommaga namoyish etish, vatandosh oilalarning farzandlari tarbiyasida oʼzbek tili va madaniyatini uygʼunlashtirish borasidagi harakatlari haqida ma’lumotlar beriladi

"Sportchi vatandosh" rukni

Loyihada xorijda istiqomat qilayotgan, sportning maʼlum bir turi bilan shugʼullanib, yuqori natijalarga erishgan vatandoshlar haqida videolavhalar taqdim etiladi

"Vatandosh olimlar" rukni

Loyiha orqali xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning xorijiy davlatlarning taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi faoliyati, ilmiy tadqiqotlari toʼgʼrisida qisqa maʼlumot, tadqiqotlar amaliy natijasi, fanga qoʼshgan hissasi va uni yanada rivojlantirish boʼyicha olib borayotgan ishlarini yoritib boriladi

"Yosh vatandoshlar" rukni

Ushbu ruknda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh vatandoshlar haqida hikoya qilinadi.

"Xorijdagi vatandosh tashkilot" loyihasi

Loyiha orqali xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari hamda ularning faoliyati haqida tanishtirib boriladi

"Xorijdagi milliy oshxona" loyihasi

Loyihada xorijda vatandoshlar istiqomat qilayotgan hududdagi milliy oshxonalar haqida xabardor bo‘lish, uning faoliyati bilan tanishish imkoni mavjud.

Hamkorlarimiz

Hamkorlarimiz