Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish Fondning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
1. Jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
2. Vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
3. O‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish;
4. Yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish;
5. Migratsiya va ta’lim sohalarida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish;
6. Murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashish;
7. Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish;
8. Xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
9. Vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish;
10. Vatandoshlarimizni respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish;
11. Vatandoshlarimizni yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
12. Vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish.