Image

74

22 Dekabr , 2022

2 daqiqa o'qish

№ 13 Turkiya Respublikasining Istanbul Marmara universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabasi Ernazarov Shoxrux bilan tanishing.

Vaqtdan unumli foydalanish – kelajagingiz yorqin bo’lishi uchun bir sababdir

- Yoshligim Toshkent shahrida o’tgan. Uchtepa tumanidagi 107 ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olganman.
2015-2018 yillarda P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejida tahsil oldim. Shundan so’ng, 2018-yilda Turkiya Respublikasi Istanbul shahriga keldim. 2019 yil Istanbul Marmara universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabasi bo’ldim. Lekin yoshlikdan tibbiyot sohasida faoliyat yuritish orzuyim bo’lgan.
Turkiyada bir vaqtning o’zida 2 ta universitetda o’qish imkoniyati bor.
Bundan foydalanib, 2020 yil Anadolu universiteti “Sog’liqni saqlash” fakulteti talabasi bo’ldim.
2021 yilda esa “Perform Group” xalqaro qurilish kompaniyasi “Tashqi Savdo” bo’limi boshqaruvchisi yordamchisi lavozimida ishlashni boshladim. Albatta, ham talaba ham katta kompaniyada ishlash murakkab.
Yoshligimdan meni ota-onam mehnatga o’rgatganlari, xorijiy tillarni o’rganishimga imkoniyat yaratib berilgani uchun bugungi kunda 3 ta xorijiy tilda ish yurita olishim mening imkoniyatlarimni kengaytirgan.

“Yoshlar-bizning kelajagimiz”


Qardosh mamlakatlarning tarixi, madaniyatiga qiziqaman va bo’sh vaqt topilishi bilan Turkiyaning turli shaharlariga sayohatga chiqaman. Sayohatlarda o’zimning qiziqqan sport mashg’ulotlarim bilan ham shug’ullanaman.
‘‘Scuba Diving’’ va ‘‘Paraglayding’’ sport turlari bilan sayohat davomida shug’ullanib turaman. 2022-yil iyul oyida “Scuba Diving” bo’yicha CMAS imtihonlariga qatnashtim. Imtihonlar Fethiye shahri O’rta yer dengizida bo’lib o’tdi. “CMAS 1 yildiz” darajasiga loyiq deb topildim va xursandchiligimni dengiz osti 18 metr chuqurlikda O’zbekiston bayrog’ini keng yozib nishonladim.


Bu kabi g’alabalar menga kuch beradi. Motivatsiyalardan eng asosiylari bu otam va onamning duolari va Prezidentimizning biz yoshlarga bo’lgan ishonchlari.
Bugun bizga ko’rsatilayotgan ishonchlarini biz ertaga oqlashimiz kerak. “Yoshlar-bizning kelajagimiz” degan gaplaridan motivatsiya olaman.
Yaqin kelajakdagi rejalarimdan biri universitetni bitirib, O’zbekistonga qaytish. Ko’pchilik xorijda yashab ishlashni afzal ko’radi. Lekin dunyoning hech qaysi bir yerini ona yurtingiz, vataningiz deb ayta olmaysiz. Men kelajakda chet elda olgan bilimlarim va tajribalarim bilan o’z yurtimga, O’zbekiston kelajagi uchun xizmat qilishni xohlayman.

#yosh_vatandoshlar #xorijdagi_vatandosh #Ernazarov_Shoxrux

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing