Image

259

05 Aprel , 2022

4 daqiqa o'qish

№22.Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida istiqomat qilayotgan Negmatovlar oilasi

“Kun oilasi”
Bugun ruknimiz orqali Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida istiqomat qilayotgan Negmatovlar oilasi bilan tanishing

Qudratillo Negmatov 1984 yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan.

2001 yilda Toshloq tumanidagi 1 maktabni tamomlagan. O‘rta ta’limdan so‘ng 2003-2005 yillarda Toshloq tibbiyot kollejida tahsil olgan.


Negmatovlar oilasi arxividan

Bir necha yillar davomida tuman tez tibbiy yordam muassasasida faoliyat olib borgan Qudratilla Negmatov 2009 yilda o‘z oilasi bilan Rossiya Federatsiyasining Kemerova viloyatiga ko‘chib borgan.

Hozirda u Kemerova viloyatidagi italian restoranida bosh oshpaz sifatida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Negmatovlar oilasi arxividan

  • Oilam bilan Rossiyaga ko‘chib kelganimizga o‘n yildan oshdi. Turmush o‘rtog‘im ham mening sohamga yaqin sohada ishlaydi.Risqimiz xorijiy mamlakatdalarda ekan. Farzandlarim ham shu yerda ulg‘ayishmoqda. Bu biz uchun ko‘proq mas’uliyatni oshiradi.Chunki bizning turmush tarzimiz ham, qadriyatlarimiz ham mahalliy aholidan farqli. Shuning uchun turmush o‘rtog‘im bilan farzandlarimiz tarbiyasida bularga alohida ahamiyat berishga harakat qilamiz. Xonadonimizda hamisha milliy taomlarimiz tayyorlanadi, muloqot ham ona tilimizda bo‘ladi. O‘zbekistondagi yangiliklar bilan hamisha qiziqamiz, yutuqlarni ko‘rib quvonamiz – deydi, Qudratilla Negmatov

  • Negmatovlar oilasi arxividan

Uning turmush o‘rtog‘i Dilnoza Yaqubova 1988 yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan.

2002-2005 yillarda tuman tibbiyot kollejida tahsil olgan.



Negmatovlar oilasi arxividan

Ko‘p yillar davomida Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida tibbiyot sohasida faoliyat olib borgan. Endilikda Dilnoza Yaqubova Kemerova viloyatidagi italian restoranida texnolog sifatida ishlaydi.

Negmatovlarning 3 nafar farzandi bor.

#kun_oilasi #Rossiya #Family of day #Negmatovs #Russia #Negmatovlar #Негматовых #Российской Федерации #Моя семья

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing