52
21 Iyun , 2022
4 daqiqa o'qish
№ 27 Ispaniyada istiqomat qilayotgan Jamolovlar oilasi
Ruknimiz orqali bugun Ispaniyaning Barselona shahrida istiqomat qilayotgan Jamolovlar oilasi haqida tanishtiramiz
Oilaboshi Jalol Jamolov 1949 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan.
U Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olgan.
Koʼp yillar davomida Samarqanddagi tekstil korxonasida bosh direktor lavozimlarida ishlagan Jalol Jamolov, keyinchalik rassomchilik yoʼnalishida faoliyat olib borgan.
Qahramon oilaboshi oʼttiz besh yildan buyon Rossiya Federatsiyasi hamda Yevropa mamlakatlaridagi tarixshunos olimlar, arxeologlar bilan Samarqanddagi Afrosiyob tepaligidagi arxeologik qazish ishlarida faol qatnashib kelmoqda.
Jamolovlar oilasi arxividan
Uning turmush oʼrtogʼi Mamura Nabieva 1970 yilda Samarqand viloyatida tugʼilgan.
Mamura Nabieva Samarqand davlat pedagogika va Moskva davlat akademik sanʼat va rassomchilik institutlarida oʼqigan. U oʼz faoliyatini taʼlim sohasidan boshlagan.
2007 yili Ispaniyaning Barselona shahriga koʼchib borgan Jamolovlar, 2019 yili farzandlarining koʼmagida “CAFETERIA DE MAMURA” nomli kafe ochishgan.
Jamolovlar oilasi arxividan
-Yevropaga koʼchib kelganimizda farzandlarimni mamlakatga moslashishi oson boʼldi. Chunki ular hamisha chet-eldan kelgan olimlar, arxeolog, tarixshunos mehmonlarga toʼla oilada ulgʼayishgan. Ular tarixni sevishadi. Oʼzbekiston tarixini yaxshi bilishadi. Biz hamisha Ispaniyada ham mamlakatimni, shahrimizni mahalliy aholiga tanishtiramiz.
Har doim “Samarqand sayqali roʼyi zamin”, Amir Temurning bogʼlaridan biri boʼlmish Bogʼi maydonda tugʼilib, farzandlarimizni katta qilganimizdan faxrlanamiz – deydi, Mamura Nabieva.
Jamolovlar oilasi arxividan
Jamolovlar oilasining ikki nafar Bobir-Mirzo va Maftuna ismli farzandlari bor.
#kun_oilasi #Ispaniya #Jamolovlar_oilasiAgar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing