Image

243

03 Avgust , 2022

5 daqiqa o'qish

№ 30 Italiyada istiqomat qilayotgan Aliyevlar oilasi

Bugun ruknimiz orqali Italiyaning Turin shahrida istiqomat qilayotgan Аliyevlar oilasi bilan tanishing

Hurshid Аliyev 1987-yilda Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahrida dunyoga kelgan.

U oʼrta taʼlimni Qoʼqon shahridagi 39-maktabda olgach, 2004-2008 yillarda Fargʼona politexnika institutining “Asbobsozlik” yoʼnalishida oʼqigan.

Aliyevlar oilasi arxividan

2008-2010 yillarda esa Toshkent davlat texnika universitetining “Tibbiyot asboblari va oʼlchov tizimlari” yoʼnalishida magistraturani tamomlagan.

Hurshid Аliyev magistraturada oʼqish davomida “Аkademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da texnik lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilaboshi 2014-2018 yillarda Italiyaning Turin shahridagi “Politecnico di Torino” universitetida doktoranturada tahsil olgan.

Aliyevlar oilasi arxividan

2018-2021 yillarda mazkur universitetda doktoranturadan keyingi ilmiy faoliyat bilan shugʼullangan. Hozirda universitetning “Mind4Lab” laboratoriyasida ilmiy-texnik lavozimida ishlab kelmoqda.

- 2018 yilda oilamni Italiyaga olib keldim. Ikkinchi farzandimiz shu yerda tugʼildi. Farzandlarim oʼzbek tilida bemalol muloqot qila oladi. Bunga biz turmush oʼrtogʼim bilan astoydil harakat qilganmiz. Bunga qoʼshimcha ravishda katta farzandim italiyan, ingliz va rus tillarida erkin gaplasha oladi. Boʼsh vaqtlarimizda oʼgʼlim bilan Dzyudo sport turi bilan shugʼullanamiz. Imkon qadar ularga oʼzligimizni unuttirmaslikka intilamiz -deydi, Hurshid Аliyev.

Aliyevlar oilasi arxividan

Uning turmush oʼrtogʼi Dilnora Aliyeva 1987-yil Samarqand shahrida tugʼilgan. 2003-2006 yillarda Toshkent shahridagi Sergeli tibbiyot kollejida oʼqigan.

Aliyevlar oilasi arxividan

2006-2018 yillarda “Аkademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da hamshira sifatida ishlagan. Hozirda Italiyada farzandlar tarbiyasi bilan mashgʼul.

Aliyevlar oilasi arxividan

Аliyevlarning 2 nafar farzandi bor.

#kun_oilasi #Italiya #Aliyevlar oilasi

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing