Image

34

22 Sentabr , 2022

3 daqiqa o'qish

№ 31 Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilayotgan Normurodovlar oilasi

Bugun ruknimizda Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida istiqomat qilayotgan Normurodovlar oilasi haqida maʼlumot beramiz

Zafar Normurodov 1991 yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tugʼilgan.

2011-2015 yillarda Termiz davlat universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan.

2011 yildan 2019 yilga qadar yurtimizda mehmonxonalar tizimida menejer, marketing boʼlimi boshligʼi sifatida faoliyat olib borgan.

2020-2021 yillarda esa “Life Pharmacy Healthcare” kompaniyasida sotuv boʼlimi maslahatchisi boʼlib ishlagan.

Hozirda Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahridagi “LUX-SAR Properties” koʼchmas mulk agentligi agentidir.

- Xorijda oilam bilan istiqomat qilayotganimga koʼp boʼlmadi. Shunday boʼlsa ham yurtimni koʼp qumsayman. Аyniqsa, ota-onam, tugʼilib oʼsgan mahallam, doʼstlarim barchasini sogʼinaman.

Mamlakatimiz bilan bogʼliq har qanday yangiliklarni oilamiz bilan kuzatib boramiz. Yaqinda “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan oʼtkazilgan xalqaro onlayn viktorinada Аrab amirliklaridan gʼolib boʼldim. Yurtimdagi tarixiy shaharlarga bo’lgan ajoyib sayohatlar, tadbirlar ayniqsa boshqa mamlakatlardagi vatandoshlarim bilan yaqindan tanishganimiz bir umrlik taassurotlar qoldirdi menda– deydi, Zafar Normurodov

Uning turmush oʼrtogʼi Sabohat Murodaliyeva 1995 yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tavallud topgan.

2014-2017 yillarda Termiz davlat universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan.

Аyni paytda Dubay shahridagi “Chalhoub Group” kompaniyasida “Sales Advisor and Trainer” (Savdo boʼyicha malahatchi va treyner) sifatida faoliyat yuritmoqda.

#kun_oilasi #BAA #Normurodovlar

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing