Image

1274

08 Aprel , 2022

6 daqiqa o'qish

№3.Italiyaning Sapiyensa universiteti magistranti yosh vatandoshimiz Ibrohim Jo‘raboyev bilan suhbat

“Yosh vatandoshlar” rukni

Italiyaning Sapiyensa universiteti magistranti Ibrohim Jo‘raboyev bilan suhbat

Ibrohim Jo‘raboyevning shaxsiy arxividan

Ijtimoiy-psixologiya va siyosiy jarayonlarga qiziqishimga oilaviy muhitim sabab bo‘lgan

- Yoshligimda boshqa bolalar kabi sho‘h bo‘lmaganman. Ulg‘ayganim sari kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi-yomon taraflariga e’tibor berar, nega bu vaziyatda unaqa, bunaqa? – degan savollarni ota-onamga ko‘p berardim. Bolaligimdan tarix kitoblarini o‘qish va sayohat qilishni yaxshi ko‘rar edim. Bundan tashqari, siyosatga va ijtimoiy psixologiyaga juda katta qiziqishim bo‘lgan. Uyimizda doim siyosiy mavzularda suhbatlar ko‘p bo‘lardi. Oilaviy muhitim bu yo‘nalishlarga qiziqishimni yanada oshirgan. Davlatlar, bir guruh shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar, davlatlarning rivojlanish yoki qulashini sabab va konuniyatlarini tushinish va anglashni istab, shu yo‘nalishni tanlaganman.
-Ta’limning bakalavr bosqichini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Jahon siyosati yunalishini tugatganman. Diplom ishim mavzusi Xitoy Xalk Respublikasi siyosatiga bag‘ishlangan.
-Hozirda, Italiyaning Rim shahrida joylashgan Yevropaning eng katta, qadimgi va nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lgan “Sapienza University of Rome”da magistratura bosqichida “Rivojlanish va xalqaro hamkorlik”yo‘nalishida tahsil olmoqdaman.

Ibrohim Jo‘raboyevning shaxsiy arxividan

Doimo moslashuvchan bo‘lishga intilaman

- Ta’lim olish va yashash orzuyim bo‘lgan Yevropaga kelib tushundimki, ko‘p narsa atrof-muhitga emas, ichki xolatga bog‘liq ekan. Men uchun qiyinchilik - moslashishda bo‘ldi.

Boshqa bir notanish ijtimoiy-madaniy jamiyatga tushib, uning qoida va an’analariga moslashish vaqt talab etadi. Bularning afzaliklari ham bor albatta. Shaxsan men uchun ajoyib arxitektura, boy tarix, qiziqarli insonlar va sifatli ta’lim barcha qiyinchiliklardan ko‘ra qiziqroq. Jarayonlarda olinadigan qimmatli tajribani esa qadrlayman. Shuning uchun ham hayotdagi shiorim –“Doimo moslashuvchan bo‘lishga intilish”.

Chunki XXI asrda barcha jarayonlar juda tezlashib, murakkablashib bormoqda. Agar vaziyatga to‘g‘ri baho berib, yangi, o‘zgarayotgan muhitga moslasha olmay qolsangiz maqsadingiz tugul o‘zingizni ham topa olmay qolishingiz aniq.

Ibrohim Jo‘raboyevning shaxsiy arxividan

Xorij tajribasidan barcha teng boxabar bo‘lishi lozim

- Yaqin kelajakdagi maqsadim magistraturani tamomlab, O‘zbekistonga qaytish hamda ilmiy izlanishlarimni davom ettirish, yurtimizdagi universitetlarda o‘zbek yoshlariga o‘zim orttirgan bilim va tajribamni ulashish.

-Chunki hammaning ham xorijda o‘qish imkoni bo‘lmaydi. Biz kabi xorijda tahsil olgan yoshlar yurtimizga qaytib, chet el tajribalarini yurtimizdagi talabalarga o‘rtoqlashishimiz shart deb hisoblayman.

-Ular ham biz bilganlarimizni bilishga, kengroq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga haqli. Bu muhitni esa biz kabi yosh kadrlar yaratib beramiz albatta.

Ibrohim Jo‘raboyevning shaxsiy arxividan

#Italiya #yosh_vatandoshlar

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing