642
18 May , 2022
5 daqiqa o'qish
№5.Italiyaning Politecnico di Torino universiteti magistranti Mirzatillayev Rakhmatulla bilan suhbat
"Yosh vatandosh" ruknining navbatdagi qahramoni Italiyada tahsil olayotgan yosh vatandoshimiz Rahmatulla Mirzatillayev.
Bugungi mag‘lubiyat ertangi tajriba poydevori
- Bolaligim asosan Toshkent shahrida, o’z mahallamda do’stlarim bilan o’tgan. Bolaligimdan juda ko’p kompyuter dasturlariga qiziqardim. Ko’p hollarda ustozim bo’lmagani sababli barchasini o’zim tushunib olishimga to’g’ri kelardi. U vaqtlarda hali internet bugungi kun kabi unchalik rivojlanmagan edi.
- Undan tashqari kitoblar o’qishni juda ham yaxshi ko’rardim, shu bilan birga maktabda ham ko’p marta bilimlar bellashuvida qatnashganman. Ba’zan muvaffaqiyat va ba’zan mag’lubiyat bo’lar edi. Lekin har bir harakat ulkan tajiribaga poydevor bo’lgan o’sha vaqtda. Bugun esa qaysidur ma’noda o’sha urug’ning mevalarini termoqdaman.
Rakhmatulla Mirzatillayevning shaxsiy arxividan
Har bir qiyinchilikda bizga atalgan yaxshilik bor
- Boshlang’ich va o’rta ta’limni o’z uyimga yaqin bo’lgan maktabda, o’rta maxsus ta’limni esa Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshidagi akademik litseyda olishga musharraf bo’lganman. Ulkan o’zgarishlar ham aynan shu, o’rta maxsus ta’limni olayotgan jarayonimda sodir bo’lgan.
- Ayni paytdagi qiziqishlarimga tamal toshi, ya’ni muhandislikka bo’lgan qiziqishlarimning paydo bo’lishi shu davrga to’g’ri keladi. Ko’pdan ko’p musobaqalar, qiziq uchrashuvlar katta imkoniyatlarning natijasi o’laroq men oliy ta‘limni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olishga axd qildim. Bugun o‘sha axdimning mantiqiy davomi sifatida magistratura ta‘lim dasturini Italiya davlatining Turin shahridagi Politecnico di Torino Universitetida o’zlashtirmoqdaman.
Rakhmatulla Mirzatillayevning shaxsiy arxividan
Albatta, xorijdagi hayotning afzalliklari, qiyinchiliklari bor.
Yangi insonlar bilan tanishish, yangi muhit ta'siridagi yangi g`oyalarni kashf qilish, yangi ko`nikmalar orttirish afzalliklari bo‘lsa, o`ziga xos qiyinchiliklarda ham bizga atalgan yaxshilik bor deb hisoblayman.
Chunki har bir qiyinchilik bizga sabr qilish, vaqtida qadrlay olish, to’siqlarni yengib o`tish uning natijasida esa katta tajriba orttirish imkonini beradi.
Rakhmatulla Mirzatillayevning shaxsiy arxividan
Doimiy qoliplardan tashqarida fikrlashga harakat qilaman
-Maqsadlarga erishish uchun qoida o`laroq oz bo`lsada davomiy ravishda ilmning talabida bo`lish kabi fikrni ilgari surib ishlatishga harakat qilaman. Noodatiylikni ta'minlash uchun esa avvalgi fikrga to`ldiruvchi sifatida "Doimiy qolip" dan tashqari fikrlash g`oyasining etagidan tutaman.
Yaqin kelajak uchun esa rejalarimdan eng kattasi O`zbekiston - Italiya hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdir. Ushbu hamkorliklar ishlab chiqarish, muhandislik, dizayn, tizimli boshqaruv kabi keng ko`lamli sohalarda bo`lishini istardim. Natija o`laroq O`zbekistonning xalqaro maydondagi o`rnini yanayam mustahkamlash va rivojlanayotgan davlatlar qatoridan, rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish eng katta maqsadim.
#Italiya #yosh_vatandoshlar
Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing