
881
01 Iyun , 2022
11 daqiqa o'qish
№7. Italiyadagi "WESTPORT FUEL SYSTEMS ITALIA SRL" kompaniyasida sifat nazorati bo'yicha muhandis Tolibjon Olimjonov
Kanadaning avtomobillarga CNG va LPG ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi “WESTPORT FUEL SYSTEMS” kompaniyasining Italiyadagi filiali
sifat nazorati bo'yicha muhandisi Tolibjon Olimjonov bilan suhbat
Tolibjon Olimjonovning shaxsiy arxividan
O'zbekiston jadal texnologik va industrial rivojlanish bosqichida
- Men 1997 yil Jizzax shaxrida tug'ilganman. Bolaligimdan, maktab davrimdan buyon fizika va matematika fanlariga qiziqganman. Bundan tashqari onam ingliz tili o'qituvchisi bo‘lganligi tufayli chet-tillarini ham o'rganganman. Onam, til bilish dunyo eshiklarini ochishini doim ta‘kidlab, fanlarim qatorida chet tillarini o'rganishni birdek olib ketishimga ilhomlantirgan. O‘rta va o‘rta-mahsus ta‘limni Jizzax shahrida oldim.
Tolibjon Olimjonovning shaxsiy arxividan
- 2015 yil Toshkent shahridagi Turin Politexnika univesitetini energetika va mexanika fakultetiga o‘qishga kirganman. Oradan 2 yil o'tib 2017 yili Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universitetiga bakalavrni davom ettirish uchun International Students Exchange dasturi bilan kelganman.
- Muhandislik sohasini tanlashimdan maqsad, O'zbekiston jadal texnologik va industrial rivojlanish bosqichida ekanligi, doim yurtimni ishlab chiqarish qudrati yuqori bo'lishini istaganim va bunda o‘z xizmatimni qo'shishni oliy maqsad qilganim sabab bo'lgan.
Tolibjon Olimjonovning shaxsiy arxividan
Barchasi shaxsiy kamolotim uchun zarur hayot maktabi edi
- Xorijdagi eng katta qiyinchilik avvalambor uy va oila sog'inchi bo'lgan. Albatta o'z o'rnida Italiyada umuman begona odamlar va boshqa til ichida yashab, yangi muhitda yashash qiyin bo'lgan.
- Lekin bu ham shaxsiy kamolot uchun bir zarur hayot maktabi edi. Italiyan tili va madaniyatni o'rganish, mehnat faoliyatini olib borish eng zarur afzallik va tajriba bo'lmoqda. Maqsadlarimga erishish uchun qat'iy tartib, doim yaqin va uzoq kelajakni rejalashtirib, butun hayotim shu rejalar asosida ketmoqdami doimiy monitoring qilib boraman. Shiorim ham “Qat'iy maqsadlar bilan tartibli va mazmunli yashash”dir.
Tolibjon Olimjonovning shaxsiy arxividan
- Yaqin kelajak uchun rejalarim esa avtomobilsizlikda CNG va LPG, H2 sohasidagi jamiyki innovatsion texnologiyalarni o'rganib chiqish, O'zbekiston bozorida ishlab chiqirishni tashkillashtirish. O'zbekiston Respublikasi iqtisodida avtomobilsozlik sohasini asosiy ustunlaridan biri bo'lishi, o'zimizning milliy avtomobillarimiz turlarini kengaytirishdir.
Tolibjon Olimjonovning shaxsiy arxividan
#Italiya #yosh_vatandoshlarAgar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing