Image

47

10 Noyabr , 2022

1 daqiqa o'qish

Belarusda “Siz Oʻzbekistonni bilasizmi?” xalqaro onlayn-viktorina gʻoliblariga esdalik sovgʻalari topshirildi

Joriy yil 4-15-iyul kunlari “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik vatandoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Siz Oʻzbekistonni bilasizmi?” xalqaro onlayn-viktorinada chet davlatlarda yashayotgan, oʻqiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz faol qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Minskdagi elchixonamizdan maʼlum qilishlaricha, ushbu xalqaro onlayn-viktorinada Belarusdan muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan hamyurtlarimiz Umarjon Olimjonov va Umidaxon Vahobovaga “Vatandoshlar” jamoat fondining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirilgan.

Viktorinani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – chet eldagi vatandoshlar oʻrtasida xalqimiz madaniy-maʼnaviy merosi, umumbashariy tamaddun va ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini keng targʻib etish, vatandoshlarimizning oʻzbek tili, xalqimiz madaniyati, anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xorijliklarda oʻzbek madaniyatiga hurmat va eʼtiborni kuchaytirish, xalqaro jamoatchilik orasida Oʻzbekistonning ijobiy imijini mustahkamlashdan iborat.

#Belarus #onlayn-viktorina #chet davlat

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing