Image

13

21 Iyun , 2022

1 daqiqa o'qish

Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi o‘zbeklar o‘z vatanlaridan uzoqda bo‘lishsa ham davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganligi va himoyalanganligini his qiladilar

Latviyadagi O‘zbekiston axborot markazi rahbari Alim Abdusaidov “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi va Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar Latviyadagi vatandoshlar diqqat markazida.

– O‘zbekistonda rejalashtirilgan konstitutsiyaviy islohotlar “Yangi O‘zbekiston”ning chuqur islohotchilik yo‘lining mantiqiy davomidir, – dedi Alim Abdusaidov.

O‘zbekiston markazi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi o‘zbeklar o‘z vatanidan uzoqda bo‘lishsa ham davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoyani his qiladi. – Yangi O‘zbekistonda “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanib borayotgani ham buning dalilidir, – deydi Alim Abdusaidov. – Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasi fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, vatandoshlar bilan ishlash sohasida faolligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Zamonaviy globallashuv sharoitida butun dunyoda konstitutsiyaviy rivojlanishning o'ziga xos modellarini izlash jadal olib borilmoqda. Shu bilan birga, Konstitutsiya davlatning siyosiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda”.

#Latviya #vatandosh #meningkonstitutsiyam

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing