Image

52

31 Oktabr , 2022

2 daqiqa o'qish

Bosh konsulxona xodimlari Dubaydagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi

Bosh konsulxona xodimlari Dubaydagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi

DUBAY, 27-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Oʻzbekistoning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan BAAda vaqtincha ishlayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlar bilan muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirdan maqsad BAAdagi vatandoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti jarayonlariga faol jalb etishdan iborat boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida hayotga tadbiq etilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatning asosiy yoʻnalishlari, mehnat migratsiyasi sohasidagi keng koʻlamli ishlar va xorijdagi vatandoshlarimizga koʻrsatilayotgan eʼtibor, xorijdan Vatanga qaytgan yurtdoshlarimizni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka yoʻnaltirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumot berildi.

Vatandoshlarning kundalik hayoti va faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, yurtdoshlar bilan muntazam muloqot olib borish va ularga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda platforma yaratilgani va BAAning turli hududlarida sayyor konsullik qabullari muntazam oʻtkazilayotgani maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni yanada mustahkamlash, milliy bayramlar munosabati bilan tadbirlarni birgalikda oʻtkazish, tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishib olindi.

#Dubay #taraqqiyot strategiya #ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing