Image

102

21 Aprel , 2022

1 daqiqa o'qish

Bugun “Vatandoshlar” jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulligi bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasidagi vatandoshlar tashkilotlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun “Vatandoshlar” jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulligi bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasidagi (Mang‘istau, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlari) hamyurtlarimiz tashkilotlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Fond rahbariyati va mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi Bosh konsuli A.Tursinbekov, viloyatdagi o‘zbek va qoraqalpoq jamoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tanishuv uchrashuvi yuqori saviyada o‘tdi, yurtdoshlarimizdan ushbu turdagi onlayn konferensiyani tez-tez o‘tkazish so‘ralgan. Suhbat davomida tomonlar o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi va o‘z tashkilotlari faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida onlayn konferensiya ishtirokchilari tashkilotlar faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha umumiy xulosaga kelishdi.

#video_muloqot #onlayn_muloqot #Qozog‘iston