Image

86

10 Avgust , 2022

1 daqiqa o'qish

Buyuk Britaniyada 18-19 asrda yashab ijod qilgan atoqli oʼzbek shoiralari Jahon Otin Uvaysiy va Nodiraning tanlangan sheʼrlari tarjimalarining toʼplami ingliz tilida nashr etildi

Oʼzbekiston elchixonasidan maʼlum qilinishicha, "Nodira va Uvaysiy: tanlangan sheʼrlar" (Nodira and Uvaysiy: Selected Poems) kitobi 2021 yilda "Аlisher Navoiyning 12 gʼazali, Аbdulhamid Choʼlponning 14 sheʼri" «12 Ghazals By Alisher Navoiy, 14 Poems By Abdulhamid Cho'lpon» toʼplamidan keyingi ikkinchi yirik loyiha boʼldi.

Tarjimalar muallifi - ingliz shoiri Endryu Staniland. Bu ijodiy loyiha elchixona koʼmagida amalga oshirilgan boʼlib, Oʼzbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda mamlakatimiz va Buyuk Britaniya oʼrtasida diplomatiya munosabatlari oʼrnatilganining 30 yilligini nishonlashga bagʼishlandi.

#Buyuk Britaniya #Yangi #nashr