Image

77

12 Yanvar , 2023

6 daqiqa o'qish

Chexiyaning Praga shahridagi Chexiya texnika universiteti, elektrotexnika fakulteti, iqtisodiyot, menejment va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Sherzod Tashpoʻlatov bilan tanishing.

Vatandosh olimlar

Chexiyaning Praga shahridagi Chexiya texnika universiteti, elektrotexnika fakulteti, iqtisodiyot, menejment va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Sherzod Tashplatov bilan tanishing.

Qiyinchilik bor joyda — oʻsish boʻladi

  • 1981-yil Samarqand shahrida tavallud topganman. Bolaligim tarixiy Samarqandning koʻchalarida oʻtgan. Yoshlik paytlarimni eslasam, juda ham shoʻx va bilim olishga ishtiyoqmand boʻlganligim yodga tushadi. Har narsaga qiziqadigan, kattalarga tinimsiz savol berishni kanda qilmaydigan bolakay edim.

Bolaligimda matematika, chet tillarini oʻrganish va turli kitoblarni oʻqishga qiziqardim. Maktabda oʻqigan vaqtlarimda ham menda aniq fanlarga qiziqish juda yuqori boʻlgan. Dastlab, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr, keyin esa Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining – magistratura bosqichini iqtisodiyotda matematik usullar yo’nalishi boʻyicha tamomlaganman.

Musofirchilikda yurib koʻp qiyinchiliklarga ham duch keldim. Axir bekorga aytishmaydiku, musofir boʻlmaguncha, musulmon boʻlmaysan deb.

Oʻylashimcha, qiyinchiliklar boʻlgan joyda, oʻsish boʻladi. Shu kunga qadar qanday qiyinchiliklarga duch kelgan boʻlsam, bari menga hayotiy tajriba, yangi gʻoyalar va katta kuch bergan. U yerda ham koʻplab doʻstlar orttirdim. Keyinchalik, Chexiyadagi Karlov universtitetinining CERGE-EI – doktorantura bosqichida iqtisodiyot nazariyasi va ekonometrika yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oldim.

Odamlar bilan koʻproq muloqot qilish yangi fikrlar, gʻoyalar va bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi

  • Men koʻpincha notanish odamlar bilan koʻproq muloqot qilishni va shu orqali yangi fikrlar, muammolar va ularga yechimlarni topishni juda yaxshi koʻraman. Agar maʼruzalarim davomida biror muammoli mavzular boʻlsa, men uni darhol oʻzimning talabalarim bilan oʻrtoqlashgim keladi. Ularning shu masalada fikrlari va qarashlarini bilgim keladi. Bu menga zavq bagʻishlaydi. Yoshlardan ham koʻp narsa oʻrgansa boʻladi. Ular hatto sizning talabangiz boʻlsa ham. Bir narsani aytishim juda ham muhim, hozirgi kunda Oʻzbekistonning aksariyat OTMlarida ekonometrika fanini turli matematik formulalar asosida juda qiyinlashtirilgan holda talabalarga tushuntirilmoqda. Ayrim adabiyotlar yangilanmagan. Adabiyotlarni yangilab turish juda muhim. Mening fikrimcha, hozirgi kunda ushbu fanni oʻtishda zamonaviy dasturlar orqali masalan (Gretl va boshqa) oʻtilsa va ushbu dasturlar haqida darsliklar yaratilsa talabalarga ham yengillik boʻlardi. Mening rejalarim juda ham koʻp, kelajakda Oʻzbekiston OTMlari bilan hamkorlikda turli loyihalar boʻyicha ishlash va ushbu loyihalar orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshish.

#Qiyinchilik #Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti #tarixiy Samarqand

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing