Image

263

05 Sentabr , 2022

6 daqiqa o'qish

Germaniyadagi vatandoshlar bilan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi nishonlandi

Mamlakatimizning eng ulugʻ bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” gʻoyasi asosida nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijdagi koʻplab davlatlarda tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan ham keng nishonlanmoqda. Shunday tadbirlarning biri Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya oʻlkasining Kyoln shahrida oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, ushbu mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan vatandosh xotin-qizlar tashkil qilgan “Sharqona” madaniy jamiyati bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbirda 150 nafardan ortiq Germaniyaning turli oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar, professor-oʻqituvchilar, vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz, mahalliy aholi vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida milliy kuy va qoʻshiqlar, koʻngilochar musobaqalar, aql va bilimdonlikni aniqlash viktorinalari tadbirga yanada fayz bagʻishladi. Turli noz-neʼmatlar bilan bayramona yoyilgan dasturxon atrofida yigʻilgan vatandoshlarimiz milliy taomlarimiz bilan birga oʻzbek palovidan ham bahramand boʻldi.

Shahlo Halilova, “Sharqona” jamiyati raisi:

Kyoln shahrida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligini nishonladik. Tadbirda qatnashgan vatandoshlarimiz nemis doʻstlarimiz bilan birgalikda bayramni koʻtarinki ruhda oʻtkazishda oʻrnak boʻldi. Bugungi tadbirimizda turli konkurslar, milliy qoʻshiqlarimiz, teatr koʻrinishlari, viktorina bahslari barcha qatnashchilarimizni kayfiyatini koʻtardi.

Xalqimiz tinch va farovon, osmonimiz musaffo boʻlsin, keyingi bayram tadbirlarini yanada koʻtarinki ruhda nishonlash nasib etsin!

Mirzohid Boboqulov, logistika soxasi boʻyicha menejer:

Bugungi tadbirimizga nafaqat Oʻzbekistonlik vatandoshlarimiz, balki Yevropaning turli mamlakatlaridan ham mehmonlar tashrif buyurdi. Tadbirning eng qizgʻin nuqtasi sifatida yurtimizning turli viloyatlari uslublarida tayyorlangan oʻzbek palovlari dasturxonlarga tortilib, bayramimiz ajoyib oʻtdi.

Fursatdan foydalanib, men barchani mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Shtefan Buxler, “Timber Group” qurilish kompaniyasi rahbari:

Oʻzbekistonga turistlar guruhlarini yuborish bilan shugʻullangan edim. Ushbu davrda turmush oʻrtogʻimni uchratdim va men oʻzbeklar bilan qalban bogʻlandim.

Oʻzbek madaniy tadbirlarida doimo ishtirok etib kelamiz. Bugun ham Oʻzbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan mustaqillik bayrami shodiyonasini birgalikda nishonlayapmiz.

Hamma mehmonlarning yuzlarida hursandchilikni koʻrdim. Barcha oʻzbekistonliklarni bayram bilan muborakbod etaman!

#Yangi Oʻzbekistonda #Kyoln #Frankfurt-Mayn

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing