Image

330

08 Avgust , 2022

1 daqiqa o'qish

Hurmatli vatandoshlar!

⚡️Avval xabar berganimizdek, “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan “Siz O‘zbekistonni bilasizmi?” xalqaro onlayn viktorinasi e’lon qilingan edi.

Xalqaro onlayn viktorinada ishtirok etib, test va suhbat natijalariga ko‘ra, 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib vatandoshlar ro'yxatini e’lon qilamiz.

✅Viktorinada 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 10 kun muddatga taklif etiladi va alohida dastur asosida ularga madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Viktorinaning 2-3 o‘rinlarini egallagan ishtirokchilarga “Vatandoshlar” jamoat fondidan esdalik sovg‘alari O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi tegishli elchixonalari va konsulliklari orqali yetkaziladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

#"Siz O'zbekistonni bilasizmi?" xalqaro viktorinasi