Image

28

18 Yanvar , 2023

3 daqiqa o'qish

Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz bilan muloqot oʻtkazildi

SEUL, 17-yanvar. /”Dunyo” AA/. Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimlari Mokpo va Kvanju shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtdoshlarimizga mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Soʻnggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik qayd etildi.

Vatandoshlarga konsullik va huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar berildi, konsullik xizmatlari koʻrsatildi. Shu bilan birga, vatandoshlarimiz tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning salbiy oqibatlari haqida maʼlumotlar hamda bunday xatti-harakatlarning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda yurtdoshlarimizga mamlakatimiz rahbari boshchiligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida ham maʼlumot taqdim etildi. Mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohot bilan bogʻliq jarayonlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, umumxalq muhokamasining borishi haqida axborot berildi.

Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonliklar uyushmasining Kvanju shahridagi ofisida talabalar va ushbu shaharda vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot avvalida uyushma rahbarlari tadbir ishtirokchilariga 2022-yil uchun hisobot taqdim etdi, unda uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlar, Koreya Respublikasining tegishli idoralari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik, shuningdek, vatandoshlar murojaatlari yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar haqida maʼlumot berildi.

Ishtirokchilar uyushma faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.

Vatandoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

#Koreya Respublikasi #Mokpo va Kvanju shaharlari #vatandoshlarimiz

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing