Image

60

26 Dekabr , 2022

1 daqiqa o'qish

Jizzax viloyati Baxmal tumanida “Uloq-Koʻpkari” milliy sport hayriya tadbiri boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-dekabr kuni, "Vatandoshlar" jamoat fondi hamda AQSHdagi vatandoshlar bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Baxmal tumanida “Uloq-Koʻpkari” milliy sport hayriya tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fond rahbariyati, AQSH Anʼanaviy sport oʻyinlari tashkiloti (USA Traditional Sports and Games) Prezidenti Skott Uendel, AQSHdagi bir guruh vatandoshlar hamda 500 ga yaqin chavandozlar ishtirok etishdi.

Tadbirda 20 nafar bolajonlarning xatna toʻylari oʻtkazildi.

Ayni paytda vatandoshlarimiz homiyligidagi sovrinlar gʻoliblarga topshirildi.

#vatandoshlar_fond #xatna toʻylari