Image

83

11 Yanvar , 2022

1 daqiqa o'qish

Kecha “Vatandoshlar” jamoat fondi va Rossiya Federatsiyasi Sibir Federal okrugidagi vatandoshlar ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Videomuloqotda “Fondning mas’ul xodimlari, O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli va vatandoshlar jamoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Fondning 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasidagi o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar va hamkorlik Memorandumini imzolash borasida o‘zaro fikrlar almashinildi.

Shuningdek, onlayn muloqot yakunida Sibir Federal okrugida “Navro‘z” umumxalq bayramini nishonlash, xayriya konsertlarini o‘tkazish va yurtimizdagi boshqa muhim sanalarni hamkorlikda tashkil etish borasida kelishib olindi.

#video_muloqot