Image

74

19 May , 2023

1 daqiqa o'qish

Kun oilasi

Ruknimizning bugungi qahramonlari Qozog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan Abduvaliyevlar oilasi

Zokirjan Abduvaliyev 1984 yil Qozog‘istonning Kentau shahrida tug‘ilgan.U 2001–2006 yillar davomida Olma-ota Politexnika universitetida tahsil olgan. 2012 yildan buyon "TOO Cordial" aksionerlik kompaniyasida ijrochi direktor lavozimida faoliyat olib bormoqda.


Uning turmush o‘rtog‘i Shadimetova Surayyo 1989 yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida tavallud topgan. 2006–2013 yillarda S.Asfendiyarova nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetining pediatriya fakultetida o‘qigan. Hozirda Chimkent shahar markaziy kasalxonasining neanatolog-reanimatolog shifokoridir.


- Onam O‘zbekistonning Xorazm viloyatidan. Otam esa Qozog‘istonda tavallud topgan. Men ham Chimkent shahrida tug‘ilib, voyaga yetdim. Shahrimizda o‘zbeklar ko‘plab istiqomat qiladi. Shu sababli, farzandlarim ona tilimizni, milliy qadriyatlarimizni yaxshi bilishadi. Ona shahrim Xorazmga tez-tez borib turamiz. Men va turmush o‘rtog‘im imkon qadar O‘zbekistondagi qarindoshlarimiz bilan bordi-keldi rishtalarini uzmaslikka, to‘y-hashamlarda ularni olidida bo‘lishga harakat qilamiz. Kelajakda farzandlarimiz bizdan o‘rnak olib, bu anʼanani davom ettirishini har ikkimiz ham xohlaymiz.- deydi, Surayyo Shadimetova.

Abduvaliyevlarning 3 nafar farzandi bor.

#kun_oilasi #Qozog‘iston #Abduvaliyevlar

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing