Image

49

07 Noyabr , 2022

2 daqiqa o'qish

Kyongido provinsiyasida vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

SEUL, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari oʻrganildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi vakillari tomonidan Kyongido provinsiyasida joylashgan "Woori Door" tashkilotida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Monitoring natijalariga koʻra ushbu tashkilotda ish va yashash uchun qulayliklar yaratilganligi va fuqarolarimiz tartibli ravishda mehnat faoliyatini olib borayotgani maʼlum boʻldi.

Tashkilot ish boshqaruvchisi oʻzbekistonlik ishchilar haqida ijobiy fikrda ekanligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, fuqarolarimizga mazkur davlat qonunchiligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ish joyini oʻzgartirmasdan faoliyat yuritishning afzalliklari tushuntirildi.

#Kyongido provinsiyasi #"Woori Door" tashkiloti #Monitoring

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing