Image

98

27 Aprel , 2023

4 daqiqa o'qish

Loyihamiz orqali bugun Qozog‘istonda istiqomat qilayotgan ijodkor vatandoshimiz Eldor Tatiyev haqida maʼlumot beramiz

“Yosh vatandoshlar”

Loyihamiz orqali bugun Qozog‘istonda istiqomat qilayotgan ijodkor vatandoshimiz Eldor Tatiyev haqida maʼlumot beramiz

Tatiyev Eldor 2000-yil Qozog‘iston Respublikasi Sayram tumani Qorabuloq qishlog‘ida tavallud topgan.

Ota-bobolari savdo-sotiq bilan shug‘ullanib, mamlakatning Chimkent shahriga ko‘chib kelishgan.

Qahramonimiz o‘rta maktabni aʼlo baholarga tamomlab, 2019-yildan taʼlimning navbatdagi bosqichini CHimkent pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida davom ettiradi.

Tatiyev Eldor 2020-2021 yillarda Ostona shahrida madaniyat sohasida faoliyat yuritgan.

U 2021-yilda o‘zbek tilidagi nodavlat va notijorat "Qo‘sh qanot" nomli ijod jamg‘armasini tashkil qilgan.

  • Mening tomirimda buyuk, ijodkorlar qoni oqmoqda. Men o‘zimga Navoiy, Behbudiy, Bobur kabi allomalarimizning hayot yo‘lini ibrat maktabi deb bilaman. Ayniqsa, ular qoldirgan adabiy meros mening hayotimda muhim rol o‘ynaydi. O‘zim kabi ijodkorlarni jamlash maqsadida jamg‘arma tashkil etdim. Bu esa o‘zbek tilida ijod qilayotgan ijodkor vatandoshlarning ijodini yanada qo‘llab-quvvatlash, sayqallashga ko‘mak beradi. Maqsadim tilimni go‘zal jilvalarda tarannum etishiga hissa qo‘shishdir!

Tatiyev Eldorning “Haq yo‘lingdan yurgayman”, “Mehrobim onam”, “Vatan uchun” nomli sheʼriy to‘plamlari chop etilgan.

Vatandoshimiz O‘zbekiston Respublikasidan "Taʼlim fidokori", "Ilm-fan sohasida xizmatlari uchun", "Amir Temur jamoat fondi", Qirg‘iziston Ryespublikasidan "Aalam alkagы", "Turan birimdigi", Rossiya Federatsiyasining "Glorya" madaniyat markazining "Za avtorskiy zaslugi", Qozog‘iston Respublikasining "QR xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" mukofotlari bilan taqdirlangan.

Hozirda u Qozog‘iston Respublikasi "Do‘stlik assotsiatsiyasi rasmiy vakilidir. Bugunga qadar uning homiyligida 2 nafar ijodkorning antalogiyasini chop etilgan.


Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing