Image

250

25 Yanvar , 2023

3 daqiqa o'qish

Loyihamiz qahramonlari Koreya Respublikasining Tegu shahrida istiqomat qilayotgan Mirsanovlar oilasi

Ravshan Mirsanov 1989 yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tavallud topgan.

U 2007-2011 yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan.

2012-2014 yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida Lingvistika yo’nalishida magistraturada tahsil olgan.

Ravshan Mirsanov bir necha yillar mobaynida oliy ta’lim sohasida faoliyat olib borgan.

Shundan so’ng oilaboshi 2018-2021 yillar davomida Koreya Respublikasining Tegu shahridagi Kemyung universitetida Global biznes boshqaruvi yo’nalishida magistratura bosqichida o’qigan.

Hozirda Ravshan Mirsanov Koreyaning Cho’nju shahridagi Chunbok davlat universitetida doktoranturada ilmiy faoliyat bilan shug’ullanmoqda.

- Oilam bilan xorijga ko‘chib kelganimizga ko‘p bo‘lmadi. Lekin shunday bo‘lsa ham yurtimizni ko‘p sog‘inamiz. Xorijlik do‘stlarim O‘zbekiston ayniqsa Samarqand haqida ko‘p so‘rashadi. Ularga boy tariximiz, qadim va boqiy shaharlarimiz haqida aytib beraman. Farzandlarimizning bolaligi yurtimizda emas xorijda o‘tayotgani uchun ularning tarbiyasiga katta ahamiyat beraman. Ular ilmni xalqaro maktablarda olishini istayman ammo tarbiya milliy urf-odatlarimizga hos bo‘lishi shart deb hisoblayman. Ayolim ham oliy maʼlumotli lekin hozirda uy bekasi. Sababi farzandlarimning ona tilimizda muloqotini yo‘qotib qo‘ymasligi va boshqa qadriyatlarni o‘rgatishga u ko‘proq masʼul. Men ko‘pincha ilmiy izlanishlar bilan band bo‘lib qolganim uchun bu yo‘nalishda u meni qo‘llab-quvvatlaydi – deydi, Ravshan Mirsanov

Uning turmush o’rtog’i Zarifa Sagdullayeva Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan.

2010-2014 yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining koreys filologiyasi yo’nalishida bakalavr bosqichida o’qigan.

Mirsanovlarning 2 nafar farzandi bor.


Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing