Image

119

19 Aprel , 2023

5 daqiqa o'qish

Loyihamiz qahramonlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida istiqomat qilayotgan Umarovlar oilasi

“Kun oilasi”

Loyihamiz qahramonlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida istiqomat qilayotgan Umarovlar oilasi

Oilaboshi G‘ulomjon Umarov 1982 yilda Chimkent viloyatidagi Sayram qishlog‘ida tavallud topgan.

1999-2004 yillarda Sayram tumanidagi Qozoq-o‘zbek injenerlik gumanitar universitetining tarix-geografiya fakultetini tamomlagan.

G‘ulomjon Umarov 2002-2021 yillar davomida Sayram qishlog‘ida joylashgan Al-Farobiy nomli o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi bo’lib ishlagan.

Hozirda u Chimkent viloyatidagi 139 maktabda direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.

Uning turmush o‘rtog‘i Gavhar Umarova 1985 yilda Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan.

U o’z oilasi bilan 1990 yilda O‘zbekistonning Jizzax viloyatiga, 2000 yilda esa Toshkent shahriga ko’chib borgan.

Gavhar Umarova 2005 yilda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga Umarovlar oilasiga turmushga chiqib, hozirda mamlakatda istiqomat qiladi.

Ayni paytda u Chimkent shahridagi “SM Textile” nomli korxonada ish boshqaruvchi sifatida ishlaydi.

- Men tikuvchilik sohasida, turmush o‘rtog‘im taʼlim sohasida faoliyat olib boradi. Farzandlarimiz maktabda aʼlo baholarga o‘qish bilan birga, IT sohasida ham ta’lim olishmoqda. Ular O‘zbek tili bilan birga qozoq tilini mukammal bilishadi. Biz uchun ona tilini bilishi har qanday xorijiy tilni bilishidan ko‘ra muhim hisoblanadi. Dunyoning qaysi mamlakatida bo‘lsak ham o‘zbek degan nomni boshqa xalqlar orasida chiroyli odob-axloqimiz bilan saqlashga hamisha harakat qilamiz- deydi, Gavhar Umarova.

Umarovlarning 2 nafar farzandi bor.

#Umarov #Chimkent #Sayram

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing