
257
17 Avgust , 2022
1 daqiqa o'qish
Misrning mashhur telekanali Oʻzbekistonda hujjatli film suratga oladi
Suhbat davomida Oʻzbekistonda badiiy va hujjatli filmlarni suratga olish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
“MBC Egypt T.V.” vakillari tomonidan Islom olamidagi eng mashhur voizlardan biri boʻlgan misrlik Shayx Abdulbosit Abdulsamadning hayoti va faoliyatini oʻzida aks ettiradigan “Rafiq al-Darb” hujjatli filmini Buxoro va Samarqand shaharlarida suratga olishga qiziqish bildirildi.
Filmning ayrim qismlarini joriy yil avgust-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda tasvirga olish rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, Shayx Abdulbosit Abdulsamad 1927-yilda Misrning janubida joylashgan Qina muhofazasida tugʻilgan. U Qurʼoni Karimni 6 yoshida yod olib, 24 yoshida radio orqali qiroat qilib arab-islom mamlakatlarida dovruq qozongan. U hayoti davomida sobiq SSSR, AQSH, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlariga bir necha bor safar qilgan. Shayx Abdulbosit Abdulsamad yangi tarixdagi eng nomdor Qurʼon qiroatchilaridan biri hisoblanadi. U 1988-yilda vafot etgan.
Misrlik ijodkorlarning mamlakatimizga safari doirasida Samarqand va Buxoro shaharlaridagi islomiy qadamjolar, Toshkent viloyatidagi tabiat manzaralari hamda Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga bagʻishlangan alohida koʻrsatuvlarni suratga olish va shu orqali Oʻzbekistonga arab dunyosidan keladigan sayyohlar oqimini oshirish hamda ziyorat turizmini yanada ommalashtirish rejalashtirilmoqda.
Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing