Image

39

05 Sentabr , 2022

2 daqiqa o'qish

Nagoya shaxrida boʻlib turgan vatandoshlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha turnir tashkil etildi

Nagoya shaxrida boʻlib turgan vatandoshlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha turnir tashkil etildi

Oʻzbekiston Yaponiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Yaponiyaning Nagoya shahrida vatandoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga bagʻishlangan mini futbol boʻyicha turnir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turnir “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bosh gʻoyasi asosida uyushtirildi.

Musobaqada ushbu davlatda vaqtincha istiqomat qilayotgan va turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan vatandoshlar, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Vatandoshlar tomonidan tashkil qilingan 5 ta jamoa gʻoliblik uchun yashil maydonga tushdi.

Turnirda birinchi oʻrinni egallagan “FC Uz Legends” jamoasi kelgusida Tokioda vatandoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa gʻolibi bilan bellashishi rejalashtirilgan.

#vatandoshlar #Nagoya #futbol

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing