Image

153

20 Yanvar , 2023

4 daqiqa o'qish

Oʻzbekistondan Buyuk Britaniyaga 24 nafar vatandoshimiz mavsumiy ishga jalb etildi

LONDON, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Buyuk Britaniyaning “Pro-Force” rekruting kompaniyasi oʻrtasida oʻrnatilgan ishonchli va samarali hamkorlik natijasida joriy yil 17-yanvar kuni navbatdagi 24 kishidan iborat oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Britaniyadagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan fermalarda mavsumiy ishlash uchun yetib keldi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Mazkur loyiha doirasida 2023-yil mobaynida 1,5 ming nafar Oʻzbekistondan ishchi kuchlarini jalb etish koʻzda tutilgan. 2022-yilda 2 ming nafarga yaqin vatandoshimiz ushbu mamlakatda mavsumiy ishlarga jalb etilgan.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 40 mingtan ortiq kvota doirasida Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb etish hamda mamlakatmiz mehnat migratsiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir.

Taʼkidlash kerakki, soʻngi yillarda Buyuk Britaniya rekruting kompaniyalari tomonidan Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb etishga boʻlgan qiziqish tobora oshib bormoqda. Buning asosiy sababi sifatida oʻzbekistonlik migrantlarning tartibli va uyushgan tarzda ishga jalb etishda mamlakat hukumati tomonidan qaratilayotgan eʼtiborni koʻrsatish mumkin.

#Buyuk Britaniya rekruting #“Pro-Force” #oʻzbekistonlik migrantlar

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing