Image

27

25 Noyabr , 2022

1 daqiqa o'qish

Oʻzbekistonlik diplomatlar Moskvadagi “Oliy iqtisodiyot maktabi”da tahsil olayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilishdi

Oʻzbekiston bosh konsuli Valijon Niyozxoʻjayev va elchixona birinchi kotibi Fathulla Abdurahmonov Milliy tadqiqot universitetining “Oliy iqtisodiyot maktabi”da tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.


Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Xususan, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlovchi mavjud jamgʻarmalar va ulardan soddalashtirilgan tarzda moliyaviy koʻmak olish yoʻl-yoʻriqlari, oʻquv kurslarini tugatgandan soʻng davlat organlariga ishga joylashish istiqbollari, amaliyot oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, rossiyalik talabalar oʻrtasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini oshirish boʻyicha loyihaga grant olish yuzasidan talabalarning qiziqishi oʻrganildi. Diplomatiya missiyasi vakillari bu jabhada amalga oshirish mumkin boʻlgan loyihalar tartibi haqidagi fikrlarni oʻrtoqlashdilar.

#Rossiya #vatandoshlar_fond

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing