Image

21

19 Yanvar , 2023

2 daqiqa o'qish

Polshada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

VARSHAVA, 18-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda Polshada vaqtincha yashayotgan hamda taʼlim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vatandoshlarimizga Oʻzbekiston hayotining barcha jabhalarida amalga oshrilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, yoshlarga oid davlat siyosati, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy, iqtisodiy loyihalar haqidagi soʻzlab berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining muhim jihatlari alohida taʼkidlandi. 2023-yili, yaʼni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da mamlakatimiz aholisini, xususan, mingratlar huquqlarini taʼminlash yoʻnalishida muhim vazifalar amalga oshirilishi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekistonda insonga gʻamxoʻrlik qilish, uning manfaatlarini qonuniy taʼminlash davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangani qayd etildi.

Xorijda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va ularning oilalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan bir qator meʼyoriy hujjatlarning asosiy qoidalariga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, vatandoshlarga konsullik va huquqiy masalalarda ayrim tushuntirishlar berildi.

Oʻz navbatida, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob javob oldilar.

#Polsha #yoshlarga oid davlat siyosati #Oʻzbekiston fuqarolari

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing