Image

24

10 May , 2022

1 daqiqa o'qish

Qozog‘istonda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar va o‘zbek diplomatlari yashil maydonda bellashdi

Olma-ota shahridagi «Pole.kz» sport majmuasida Qozog‘istonda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar va O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

Musobaqadan maqsad xorijda yashayotgan yosh vatandoshlarimizni turli sport va madaniy tadbirlarga jalb etish orqali ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, Bosh konsulxona atrofida jipslashtirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Sport tadbiri doirasida vatandoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalarga oid savollariga diplomatlardan batafsil javob oldi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda Bosh konsulxona tomonidan vatandoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish muntazamlik kasb etib bormoqda.

#vatandoshlar_fondi

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing