Image

19

21 Iyun , 2022

1 daqiqa o'qish

Rossiya Federaciyasidagi istiqomat qilayotgan vatandoshlar va jamoat birlashmalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasining Novosibirsk va Yekaterinburg shaharlaridagi Bosh konsulligi, xorijdagi vatandoshlar va jamoat birlashmalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Kun tartibida “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Federal okruglarida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan tadbirlarni yuqori saviyada oʼtkazish masalalari muhokama etildi.

Onlayn muloqot chogʼida Ural va Sibir federal okruglaridagi oʼzbek diasporasi vakillari oʼz takliflari bilan oʼrtoqlashishdi hamda tadbirlarni Fond bilan hamkorlikda oʼtkazishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.

#video_muloqot #Rossiya