Image

34

12 Sentabr , 2022

1 daqiqa o'qish

Sen oʼzing davlatsan, aziz vatandosh…

Sen oʼzing davlatsan, aziz vatandosh…

Kuni-kecha “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Tojikiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Soʼgʼd viloyatidagi “Oʼzbeklar maʼnaviyat va maʼrifat markazi” hamda “Soʼgʼd viloyati Oʼzbeklar jamiyati” bilan Oʼzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʼrtasidagi diplomatik aloqalar oʼrnatilganligining 30 yilligiga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Unda Fondning hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasining mutasaddi xodimlari, Oʼzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzolari va Tojikistondagi vatandoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Soʼgʼd viloyatidagi “Oʼzbeklar maʼnaviyat va maʼrifat markazi” hamda “Soʼgʼd viloyati Oʼzbeklar jamiyati”ga 42 turdagi oʼzbek tilidagi badiiy adabiyotlar 2 nusxadan taqdim etildi.

Shuningdek, Fond koʼmagida “Soʼgʼd viloyati Oʼzbeklar jamiyati” qoshida oʼzbek tilidagi badiiy adabiyotlar burchagi tashkil etildi.

#Tojikiston