Image

29

05 May , 2022

1 daqiqa o'qish

Sibirdagi o‘zbek diasporasi vakillari uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakilligi hamda konsullik okrugi hududida faoliyat olib boruvchi o‘zbek diaspora tashkiloti rahbarlari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bosh konsulxona tomonidan uchrashuvda ishtirok etganlarga Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi, uning ijrosi yuzasidan joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, mahalliy o‘zbek diaspora tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda mehnat migrantlari hamda o‘zbek talaba-yoshlari o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekiston imidjini yanada oshirish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiya tizimi orqali mehnat migrantlarini ish joyi bilan ta’minlash, ularni huquq va manfaatlarini o‘zaro hamkorlikda himoya qilish masalalari kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan hududdagi o‘zbek diaspora tashkilotlari bilan har oyda kamida ikki marotaba uchrashuv o‘tkazish tizimi joriy etilgan.

#Russia #vatandoshlar_fondi

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing