
64
19 Aprel , 2023
2 daqiqa o'qish
Turkiyada mehmon bo’lib turgan ulamolarimiz Usmoniylar davlatining ilk poytahti Bursa shaxrida ham tashrif buyurishdi.
Turkiyada mehmon bo’lib turgan ulamolarimiz Usmoniylar davlatining ilk poytahti Bursa shaxrida ham tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Buxorolik Sayid Emir Kulol hazratlarining o’g’li Emir Sulton jome masjidi va maqbarasini ziyorat qildilar. Emir Sultonning asli ismi Şemseddin Muhammed bo’lgan. Ulamolarimiz kun davomida Bursa viloyati Muftisi Yavuz Selim Karabayir bilan ham uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston-Turkiya Parlamentlararo Do’stlik Jamiyati raisi Osman Mesten ham ishtirok etdi.
Osmangazi tumanidagi tarixi “Sumbul boğchali uyda” iftorlik dasturxoni yozildi. Bursa ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan birgalikda Qadir kechasi kuni dasturxon atrofida iftorlik qilindi. İftorlik dasturxonida Osmongazi tumani hokim o’rinbosari Jem Kurshat Xasano’g’li ham ishrok etdi. Yurtimizdan kelgan ulamolarimiz yoshlar bilan savol javob orqali muloqat o’tkazib talabalarga nasihatlar berishdi. O'zbekiston Respublikasi "Vatandoshlar" jamot fondi Bursa faollari ham ulamolarimiz bilan yaqindan tanishib vatandoshlardan kelgan savollariga javob olishdi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur Raupov hozirgi kunda O’zbekistonda olib borilayotgan islohatlar haqida ham ma’lumotlar berib o’tdi. Ayniqsa ohirgi yillarda ikki qardosh davlat o’rtasi turli sohalarda olib borilayotgan do’stona munosabatlarning yuqori darajaga chiqqanligini e’tirof qildi. Tadbir yakunida ulamolarimiz tamonidan hayirli duolar qilindi.
Avvalombor yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevga misofirlikda mehnat qilayotgan vatandoshlar va ta’lim olayotgan yoshlardan hol ahvol so’rash maqsadida Ona vatandan uzoqda bu muborak kundalarda bizlarni yolg’iz qo’ymasdan ulamolarimizni safarbar qilganliklari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.