Image

31

18 Yanvar , 2023

1 daqiqa o'qish

“Vatandosh” elektron jurnali

⚡️Xabaringiz borki, “Vatandoshlar” jamoat fondining 2022-yilda “Vatandosh” elektron jurnali tashkil etilgan edi.

Mazkur jurnal tarixiy-falsafiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ommabop, axborot elektron nashr hisoblanadi.

📰Fond “Vatandosh” elektron jurnalning 2023-yil 1-soni uchun maqolalar qabul qilishini ma’lum qiladi.

“Vatandosh” elektron jurnali sahifalarida xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hayotiga oid maqolalar, vatandoshlarning sheʼr, hikoya, qissa, ocherklari, olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari va boshqa mavzulardagi materiallari joy olishi rejalashtirilgan.

✅Jurnalda oʻz ilmiy-ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etish istagida boʻlgan vatandoshlar jurnal@vatandoshlarfondi.uz elektron manziliga ma’lumotlarini yuborishlari mumkin!

Bizni kuzatishda davom eting!

#“Vatandosh” elektron jurnali #maʼnaviy-maʼrifiy #xorijiy mamlakatlar