Image

66

26 Aprel , 2022

1 daqiqa o'qish

“Vatandoshlar” jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Ul'yanovsk viloyati Gubernatori maslahatchisi boshchiligidagi delegasiya a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimizga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va migratsiya sohasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab olish xususida muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Vatandoshlar” jamoat fondi va Ul'yanovsk viloyatidagi “VOSTOK” O‘zbekiston jamoat birlashmasi o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

#video_muloqot #Rossiya #vatandoshlar_fond