Image

82

25 Aprel , 2022

1 daqiqa o'qish

“Vatandoshlar” jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi va Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi, shuningdek, bir guruh jamoat birlashmalari va huquqni himoya qiluchi tashkilotlari bilan ZOOM platformasi orqali muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida Qozog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi vatandoshlarning huquq va erkinliklari, ularga ijtimoiy ko‘mak berish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, vatandoshlarga huquqiy maslahat ko‘rsatish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda ko‘maklashish borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

#video_muloqot #vatandoshlar_fondi #Qozog‘iston

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing