Image

49

24 May , 2022

1 daqiqa o'qish

 "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan “O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi”ni tashkil qilish bo'yicha takliflar o'rganildi

Bugun “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda xorijiy mamlakatlardagi faol xotin-qizlar ishtirokida 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining 45-bandida belgilangan vazifalari yuzasidan onlayn muloqoti o‘tkazildi.
Muloqotda xorijdagi vatandoshlardan iborat “O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi” ni tashkil qilishning dastlabki tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor qaratishga oid vatandoshlarning takliflari o‘rganildi.

#video_muloqot #xotin-qizlar_masalalari