Image

259

10 Avgust , 2022

1 daqiqa o'qish

Xorijdagi oʼzbekistonlik vatandoshlarga  “Vatandoshlar” jamoat fondining navbatdagi  MUROJААTI


Аziz vatandoshlar!

Ilgari ham “Vatandoshlar” jamot fondi xorijdagi vatandoshlarga boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, har xil chaqiriqlar va oqimlarning aldovlariga ishonmaslik, hech qanday ziddiyatli va qurolli vaziyatlarga aralashmaslik, oʼqotar qurollarni qoʼlga olmaslik va ulardan foydalanmaslik, vaziyatni chigallashtiruvchi hech qanday shiorlarni targʼib qilmaslik, nizolashayotgan taraflarning bayrogʼi, madhiyalari, ramzlari va shiorlarini ishlatmaslik masalalari yuzasidan murojaat bilan chiqqan edi.


Yuqoridagi harakatlarni xorijdagi vatandoshlarimiz bilib-bilmay amalga oshirishlari ularning javobgarlikka tortilishiga asos boʼlishini yana bir bor eslatamiz!
Biroq, olib borilayotgan muloqotlar va tushuntirish ishlariga qaramay, ayrim vatandoshlarimiz turli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiluvchi baʼzi manbalarga tayanib, maʼlum miqdordagi pul mablagʼlari, katta vaʼdalar, jumladan, turli shartnomalar tuzish orqali fuqarolik berish va boshqa chaqiruvlarga uchib, shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishlari ortidan xatarli vaziyatlarga tushib qolmoqda.

Hurmatli vatandoshlar!

Dunyoning qaysi oʼlkasida boʼlmaylik, aziz Vatanimiz – Oʼzbekistonning obroʼsi, eʼtibori, shaʼni–shuuri va xalqaro imidjini saqlash muqaddas burchimiz ekanligini unutmaylik!
Tinchlik, bu – oliy neʼmat, uni asrashga barchamiz masʼulmiz!


“Vatandoshlar” jamoat fondi

#vatandoshlar_fond #murojaat