Image

128

18 Aprel , 2022

1 daqiqa o'qish

Xorijdagi vatandoshlarning farzandlari uchun o‘zbek tilida onlayn mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha  muloqot bo‘lib o‘tdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari, O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonasi vakillar hamda Kanada va AQSHdagi faol vatandoshlar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Xorijdagi vatandoshlarning farzandlari uchun o‘zbek tilida onlayn mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda Kanadadagi British Kolumbiya universiteti ilmiy tadqiqotchisi D.Fozilova, AQSHdagi “Sietl-O‘zbek mahallasi” vatandosh uyushmasi rahbari F.Shamsiyev taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Muloqot yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olindi.

#video_muloqot #vatandoshlar_fondi