Image

46

06 Sentabr , 2022

8 daqiqa o'qish

“Yosh vatandoshlar” Yaponiyaning Osako shahridagi Basic Japanese school da tahsil olayotgan vatandoshimiz Kamalov Doniyor bilan tanishing.

- 2002-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilganman.

Soʻngra bir yoshimda ota-onam bilan Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi Birlik qishlogʻiga koʻchib borganmiz. 2011-2019-yillari shu tumanda oʻqiganman. Bolaligim Birlik qishlogʻining koʻchalarida oʻtgan. Toʻqqiz yil maktabga 3 km yoʻl bosib borganman. Yozda chang, kuz, qish va bahor oylarida loy koʻchalarni eslasam koʻzimga yosh keladi. Oilada toʻrtta farzandmiz. Eng kattasi oʻzim va shunga yarasha masʼuliyat ham katta.

Yoshligimdan aniq fanlar, shaxmatga juda qiziqardim. 9-sinfni tamomladim. Qishloqda oʻz kelajagimni koʻra olmadim. Yoshlikdagi ayrim qiyinchiliklarim meni ulgʻaytirdi, mustaqil qildi.

Soʻngra Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi litseyiga topshirdim va oʻqishga qabul qilindim. Poytaxtga oʻqishga keldim. Yangi oʻquv joy, yangi doʻstlar yangicha muhit xullas hammasi oʻzgacha edi. Litseyda juda yaxshi doʻstlar orttirdim va yaxshi bilimlarga ega boʻldim. Doʻstlarimni koʻp qismi chet-elda oʻqishni xohlar edi va ular har hil davlatlarga oʻqishga topshirishni boshladim.

Qovun qovundan rang oladi deganlaridek men ham Yaponiya davlatiga oʻqishga topshirdim. Hozirda Yaponiya davlatining Osaka shahrida Basic Japanese school oʻquv dargohida oʻqib kelmoqdaman. Yaponiyaning tabiati menga juda yoqadi.

Odamlari juda tartibli. Hamma narsa oʻz vaqtida boʻlishi kerak Yaponlar uchun. Yaponiyada ham juda koʻp tanishlar, doʻstlar orttirdim. Oʻqishdan tashqari ishlab ham turaman, Sport maydonchalariga boraman, kitoblar oʻqiman xullas shaxsiy rivojlanishga ham ahamiyat beraman. Yaponiyada hammasi yaxshi lekin ota-ona, qarindoshlar, doʻstlar sogʻinchi odamni juda qiynaydi.

Niyatlar amallarga, amallar esa niyatlarga bogʻliq.

  • Hozirda Tokio global business college” ning Biznes yoʻnalishiga qishga qabul qilinganman. Endi shu oʻquv dargohida oʻqishni davom ettiraman. Hayotdagi shiyorim “Niyatlar amallarga, amallar esa niyatlarga bogʻliq”.
  • Shu shior bilan har kuni harakat qilaman. Kelajakda kollejni tamomlab universitetda oʻqish, soʻngra Gigant kompaniyalarda ishlab oʻz tajribamni oshirmoqchiman.

Shu vaqt oraligʻida yaxshi bilim koʻnikmalarni egallab oʻz davlatimga qaytib, oʻz biznesimni ochmoqchiman. Oʻzim biznesga juda qiziqaman. Hatto yoshligimda mayda-mayda va har xil bizneslar qilib koʻrganman.

Tadbirkor boʻlishni xohlaganimning sababi qiziqishim va shu bilan birga koʻplab insonlarni ish bilan taʼminlab, ularning yashash sharoitlarini oʻzgartirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda oʻz davlatimning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishni maqsad qilib qoʻyganman.

Joriy yilning 1-15 iyul kunlari oʻtkazilgan “Siz Oʻzbekistonni bilasizmi ?” xalqaro onlayn viktorinasida Yaponiyadan qatnashib 1 oʻrinni egalladim va Oʻzbekitonning tarixiy shaharlariga bepul sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻldim. Bunday imkoniyatga ega boʻlishimda yaqindan yordam bergan “Vatandoshlar” jamoat fondiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

#“Siz Oʻzbekistonni bilasizmi ?” #Basic Japanese school #Osaka

Agar siz ham bizning loyihalarimizda ishtirok etishni istasangiz shu yerga bosing